Zangiota tumani hokimi Sodiq Аbdullaev Toshkent viloyati hokimi etib tayinlandi
Bugun, 2016 yil 4 fevral kuni, xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʼlib oʼtdi. Unda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ham ishtirok etdi. Bu haqida, “Аxborot” informatsion dasturida xabar berildi.

Xabarda taʼkidlanishicha, sessiyada kun tartibiga qoʼyilgan masala yuzasidan, xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining qaroriga koʼra, Zangiota tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Аbdullaev Sodiq Sobitovich Toshkent viloyatining yangi hokimi etib tasdiqlangan.
Shuningdek, bugun Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Sodiq Аbdullaevni Toshkent viloyati hokimi etib tayinlash toʼgʼrisidagi farmonga imzo chekkan.
Eslatib oʼtaman, 2013 yildan buyon Toshkent viloyatining hokimi sifatida Usmanov Аxmadjon Tugilovich faoliyat yuritib kelayotgan edi.