Siz ham qatnashing!

 O‘zbekistonliklar BMT tomonidan o‘tkazilayotgan global so‘rovda faol ishtirok etmoqda. Siz ham qatnashing!

Shu kunlarda BMT tomonidan dunyo bo‘ylab global so‘rov o‘tkazilmoqda. Unda o‘zbekistonliklar ham faol ishtirok etib, o‘zlari istagan kelajakni qurish bo‘yicha fikr va takliflarni bildirilmoqda.

Men ham o‘z javoblarimni yubordim, anketa qisqagina, uzog‘i 2-3 daqiqa vaqtim ketdi. Alohida taklif yozishingiz ham shart emas, berilgan variantlardan tanlasangiz bo‘ldi.

So‘rovnoma o‘zbek tilida ham mavjud.

 Ishtirok etish: https://un75.online/?lang=uzb

Ta’kidlanishicha, yakunda barcha ovozlar umumlashtirilib, eng faol davlatlar reytingi tuziladi. Shuningdek, barcha takliflar BMT Bosh kotibi Antoniu Guterish tomonidan barcha davlat rahbarlariga shaxsan taqdim etiladi.

Barchani faollikka chaqirib qolaman!