O‘n to‘rtinchi o‘lim
O‘n to‘rtinchi o‘lim: koronavirusga chalingan samarqandlik vafot etdi
Samarqandlik I. shu yilning 19-may kuni viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida og‘ir ahvolda yotqizilgan. O‘tkazilgan tahlillar natijasida unda “Covid-19” infeksiyasi tasdiqlangan. Paxtachi tumanida yashovchi 63 yoshli (erkak) ushbu bemor 3 yildan buyon I-guruh nogironi bo‘lib, surunkali buyrak yetishmovchiligi va anemiya og‘ir darajasi tashxisi bilan dispanser nazoratida turgan. 2017-yildan buyon doimiy gemodializ muolajasini olib kelgan.
Shu yilning 25-may kuni bemorning ahvoli yomonlashgan, burundan va ichki qon ketish belgilari paydo bo‘lgan va reanimasiya bo‘limiga olingan.
Biroq ko‘rsatilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.