Madaniyat va san’at yo‘nalishida yangi ta’lim muassasalari tashkil etildi

Madaniyat va san’at yo‘nalishida yangi ta’lim muassasalari tashkil etildi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “O‘zbek maqom san’ati fakulteti” hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari negizida maqom ijrochiligi, baxshichilik va katta ashula yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti tashkil etildi;

- davlat muassasasi shaklidagi Madaniy meros ilmiy-tadqiqot

- instituti tashkil etildi;

Respublika ixtisoslashtirilgan estrada va sirk maktabi Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji

etib qayta tashkil etildi;

V.Uspenskiy va R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik liseylari maktab-internatlar uchun belgilangan imtiyozlarni tatbiq qilgan holda tegishlicha V.Uspenskiy va R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktablariga aylantirildi;

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Iqtidorli bolalar akademik liseyi hamda Toshkent ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi negizida Madaniyat vazirligi tizimida Respublika musiqa va san’at kolleji tashkil etildi.