Kontrakt naqd pul, plastik karta yoki bank krediti orqali to‘langan bo‘lsa soliq imtiyozi qanday olinadi?
Kontrakt naqd pul, plastik karta yoki bank krediti orqali to‘langan bo‘lsa soliq imtiyozi qanday olinadi?
Avvalroq Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga binoan, o‘zining, 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) to‘lov-kontrakti to‘langanda soliq imtiyozi berilishi haqida yozgandim.
Shu xabardan so‘ng ko‘pchilik kontrakt to‘lovi ish haqidan o‘tkazilmagan hollarda, masalan naqd pul, plastik karta yoki bank kreditlari orqali to‘langanda imtiyozni qanday olish mumkin, deb savol berdi.
Hozir shu haqda gaplashamiz.
Bunday hollarda soliq imtiyozi jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklarasiyasini soliq xizmati organlariga topshirgan holda olinishi mumkin. Bu holatda yashash joyidagi soliq organiga:
✅ talaba va OTM o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt) nusxasi;
✅ bank, OTM va talaba o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnoma nusxasi (ta’lim kredit orqali to‘langan bo‘lsa);
✅ OTM hisob raqamiga pul o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
✅ talabaning pasport nusxasi;
✅ soliq imtiyozi ota-ona (er yoki xotin)ga qo‘llanilganda ularning pasport nusxasidan tashqari tug‘ilganlik va nikoh to‘g‘risidagi guvohnomalar nusxalari taqdim etilishi lozim.
Imtiyoz doirasida hisoblab chiqarilgan summa soliq organi tomonidan fuqaroga (imtiyoz oluvchiga) to‘lab beriladi. Imtiyoz oluvchining istagiga ko‘ra bu summa uning boshqa turdagi soliqlarini qoplashga yo‘naltirilishi ham mumkin.
