Iqtibos
Shavkat Mirziyoyev:
– Iqtisodiy kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha katta ishlar olib borayapmiz. Lekin ma’naviy qashshoqlikni qanday qisqartiramiz? Fikr qaramligidan qanday qutulamiz? Islohotlar uchun mablag‘ va investisiyalarni topyapmiz, lekin ma’naviy immunitetni mustahkamlash uchun ruhiy resursni qayerdan topamiz? Bu savollar har birimizni o‘ylantirishi zarur, – dedi davlatimiz rahbari.
Yig‘ilishda bugun “Tafakkur”, “Ma’naviy hayot”, “Jahon adabiyoti”, “Sharq yulduzi” kabi jurnallarimiz obunachilar kamligi tufayli juda kam tirajda nashr etilayotgani taassuf bilan qayd etildi.
– Agar har bir maktab, kollej, texnikum, oliy o‘quv yurti kutubxonasiga bittadan jurnal bepul yetib borsa ham, ularning tiraji kamida 10 mingdan ortiq bo‘ladi. Buning uchun zarur mablag‘ni topish shuncha qiyinmi? Bu jurnallarni o‘qimagan yoshlarimizni qanday qilib ma’naviy yetuk inson sifatida tarbiyalaymiz, - dedi Prezident.
