Hokimlar ta’tilga chiqishadi va davolanishadi

Hokimlar ta’tilga chiqishadi va davolanishadi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bosqichma-bosqich qisqa muddatli ta’tilga chiqadi.

Ma’lum bo‘lishicha, dastlab  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi (K.Sariyev), Jizzax (E.Saliyev), Samarqand (E.Turdimov), Sirdaryo (Gʻ.Mirzayev), Surxondaryo (T.Bobolov) va Toshkent viloyati (R.Xolmatov) hokimlari shu yil 17-27-yanvar kunlari ta’tilda bo‘lishadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi (M.Kamalov), Andijon (Sh.Abduraxmonov), Qashqadaryo (Z.Mirzayev), Navoiy (Q.Tursunov), Namangan (Sh.Abdurazzakov), Farg‘ona (X.Bozorov) va Xorazm (F.Ermonov) viloyati hokimlari 28-yanvardan 7-fevralga qadar ikkinchi bosqichda Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-sonli Markaziy klinik shifoxonasida davolanadilar.

Biroz avval Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning mehnat ta’tili kunlari bahor fasliga ko‘chirilgani ma’lum qilindi. Jadvalga binoan, aslida poytaxt hokimi 17-27--yanvar kunlari ta’tilda bo‘lishi belgilangan edi.