Ertadan "pasport stollari" yana qayta ishga tushadi
Ertadan "pasport stollari" yana qayta ishga tushadi
Karantindagi cheklovlar sababli ichki ishlar organlarining migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari fuqarolarni vaqtincha qabul qilishni to‘xtatgan edi.
Xabar berilishicha, ertaga, 4-may – dushanba kunidan boshlab Toshkent shahar IIBB Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning tuman bo‘linmalari fuqarolar qabulini davom ettiradi.
Ish kunlari: dushanbadan shanbagacha, dam olish kunlari – yakshanba va bayram kunlari.
Ish vaqti: soat 9.00 dan 18.00 ga qadar. Tushlik vaqti: 13.00 dan 14.00 gacha.
Qayd etamiz: qabul sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga qat’iy amal qilingan holda olib boriladi. Fuqarolardan tibbiy niqob taqishni va ijtimoiy masofani saqlashni so‘rab qolamiz!
