Buxoroga koronavirus qaytdi
Buxoroga koronavirus qaytdi. Virus aholi orasida aniqlandi.
2020-yil 27-may soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3369 (+14) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 7 nafari Buxoro viloyatida aholi orasida (Shofirkon tumanidagi bitta oila a’zolari) aniqlangan. Mazkur holat ushbu viloyatga koronavirus infeksiyasi qaytganini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, 5 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan. 2 nafari esa Toshkent viloyatidan (1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, yana 1 nafari aholi orasidan aniqlangan).
Ayni paytda yurtimizda 2668 (+32) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi.
Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 687 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, 3 nafari esa og‘ir ahvolda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi