Beshinchi o‘lim
Beshinchi o‘lim: koronavirus yuqtirgan 77 yoshli yana bir yurtdoshimiz vafot etdi
Shu yilning 7-aprel kuni 77 yoshli (ayol) A. surunkali bronxit, o‘ng o‘pka atelektazi, gipertoniya kasalligi bilan karantinga olingan edi. Zudlik bilan o‘tkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda “Covid-19” koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.
O‘tkazilgan muolajalarga qaramasdan bemor bugun ushbu infeksiya asoratlari: ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi va o‘pka shishidan vafot etdi.
Hamyurtimizni Alloh o‘z rahmatiga olgan bo‘lsin.