Bahodir Qurbonovga general-leytenant harbiy unvoni berildi
Prezident farmoniga binoan mudofaa vaziri Bahodir Qurbonovga general-leytenant harbiy unvoni berildi.
Bugun unga ushbu harbiy unvonni Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev topshirgan.
2019-yilgi bayramda o‘sha paytdagi mudofaa vaziri, hozirgi Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlangan edi. Shuningdek, o‘sha yili Milliy gvardiya qo‘mondoni Bahodir Toshmatov general-polkovnik harbiy unvoni bilan, ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov esa general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlangan edi.
Ma’lumot o‘rnida: general-leytenant harbiy unvoni O‘zbekistonda darajasi jihatidan 3-o‘rinda turadi (armiya generali va general-polkovnik unvonlaridan keyin).
