1 dekabrdan oylik ish haqlari 15 foizga koʼtariladi
Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 20 noyabr kuni ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʼgʼrisidagi farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, 2017 yilning 1 dekabridan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori oʼrta hisobda 1,15 baravarga oshiriladi.
Farmonga koʼra, 2017 yilning 1 dekabridan Oʼzbekiston hududida eng kam:
ish haqi — oyiga 172 240 soʼm;
yoshga doir pensiyalar — oyiga 336 880 soʼm;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 336 880 soʼm;
zarur ish stajiga ega boʼlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 206 720 soʼm miqdorida belgilanadi.